Yangiliklar Yaponiya yanada yaqin 19.08.2025

2025 yilda Yaponiyaning JCAEMCE tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya Agentligi o‘rtasida 5 yillik memorandum imzolandi.

Ushbu kelishuv asosida Yaponiya turli sohalarda ishlash uchun 10 ming nafar oʻzbekistonlik muayyan malakali ishchilarni qabul qiladi.

Malakali ishchilarni tayyorlash, hamda ularga yapon tilida so’zlashishni o’rgatish maqsadida “Yapon Mahorat Nuri” nomli tayyorlov kurslari Toshkent, Samarqand va Namangan shaharlarida tashkil etildi.

Kurs davomida ishga tayyorlash, til o‘rgatish, intervyularga tayyorgarlik va hujjatlar tayyorlash to‘liq tushuntiriladi va qo‘llab-quvvatlanadi.

Maxsus onlayn platforma — WiseBridge (https://jcaemce.org/new/nuri/) orqali Yapon ish beruvchilar bilan bevosita aloqa oʻrnatish mumkin bo‘ladi.

Boshqa yangiliklar
© 2022 "Universal Capital" kompaniyalar guruhi. Barcha huquqlar himoyalangan. Tayyorlovchi Space