Biz haqimizda
"UNIVERSAL CAPITAL" Kompaniyalar guruhi
Tasavvurimiz

Nafaqat mamlakatimiz, balki tashqi bozorda ham iqtisodiyotning turli sohalariga investitsiya kirituvchi mashxur va muvaffaqiyatli kompaniyaga aylanish.

Oliy maqsad

Mahsulot va xizmatlarimizni yuqori sifat va hamyonbop narxlarda taqdim etib, hamkorlar va haridorlar talabini qondirish orqali xodimlar, hamkorlar, haridorlar, ta’sischilar hamda xalqimiz turmush darajasini yaxshilash.

Qadriyatlar
01 Halollik

Biz barcha sohalarda halollikni asosiy unsur sifatida qabul qilamiz. Halollik haridorlar, hodimlar va hamkorlar bilan o’zaro munosabatda o’z aksini topishi juda muhim. O’z o’rnida bizga ham ulardan shunday munosabat bo’lishini istaymiz.

02 Ochiqlik

Biz barchaga (hodimlar, haridorlar va hamkorlar) ochiq va halol munosabatda bo’lamiz.

03 Haridorlarga e’tibor qaratish

Bizning barcha faoliyatimiz haridorlar foydasini o’ylash va ularga xizmat qilishga qaratilgan. Biz haridorlarimizga xizmatlarimizni taklif etgan holda ularni xursand qilish va iliq munosabatlar o’rnatishni istaymiz.

04 Ehtiyotkorlik

Biz o’z biznesimizni uzoq yillar davomida rivojlantirib kelmoqdamiz. Biz hodimlar, haridorlar va hamkorlar oldida ulkan javobgarlikni o’z bo’ynimizga olganmiz. Shu sababdan har bir ishimizning kichik detallari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

05 Foydalilik

Bizda aniq maqsad va natijaga erishishimiz kerak bo’lgan bir qancha biznes jarayonlar (ishlab chiqarish, moliya va h.k.) mavjud. Bu jarayonlar to’liq amalga oshishi uchun har bir hodim o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tegishli hissasini qo’shishi muhim hisoblanadi.

06 Ishonch

Bizning kompaniya uzoq vaqt davomida mavjud bo’lishi va tinimsiz ravishda rivojlanishiga ishonamiz va intilamiz.

07 Sifat va foyda

Biz har bir mahsulot va xizmatlarimizni o’zimizga ravo ko’rgan sifatda tayyorlaymiz. Shu sababli ularning foydaliligi va sifatiga ishonamiz.

08 Jamoaviy hamjihatlik

Bizning jamoani yagona oliy maqsadga erishish birlashtirib turadi. Doimiy ravishda bir-birimizga rivojlanish va o’sish uchun yordam qo’lini cho’zamiz. Hodimlarining rivojlanishi kompaniya rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq deb hisoblaymiz.

Strategiya

2022-2027-yillar davomida quyidagi strategiyadan foydalaniladi:

Aktualligini yo’qotib borayotgan biznes yo’nalishlaridan voz kechish; Informatsion texnologiyalardan foydalanib avtomatlashtirilgan biznes yuritishni to’liq yo’lgan qo’yish; Import o’rnini bosuvchi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishga keng e’tibor qaratish; Ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarimizni tashqi bozorga eksport qilish; Tashqi bozorga investitsiya kiritish.
Kompaniya tarixi

Kompaniyalar guruhimiz sobiq Sovet tizimi davridayoq xususiy biznes sohasida o’zining tadbirkorlik faoliyatini boshlagan bo’lib, kompaniyalar guruhiga asos solish tarixi 80-yillarga borib taqaladi. Guruh jadal rivojlanishining boshlang’ich bosqichi telekommunikatsiya sohasidagi birinchi xususiy kompaniya “East Telekom”ga asos solinishi bilan boshlangan. O’tgan yillar davomida guruh tarkibida iqtisodiyotning turli yo’nalishlarida ishlovchi o’nlab korxonalar o’z ish faoliyatlarini yuritib kelmoqdalar. Kompaniyalar guruhi tomonidan amalga oshirilgan yirik loyihalardan biri Toshkent – O’sh yo’nalishidagi “Qamchiq” davoni A373 avtoyo’lining rekonstruksiya qilinishi hisoblanadi. Bu jarayonda guruhga tegishli 100 dan ortiq maxsus texnika va yuk avtomobillari, yuqori malakali mutaxasislarimiz qurilish ishlarida faol qatnashishdi.

Bizning jamoa
Ortiqov Jahongir Rustam o’g’li Ijrochi direktor
Kaxarov Nodir Voxidovich Qurilish va ijara sohasi loyiha menejeri
Kaxarov Bobirbek Voxid o’g’li Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasi loyiha menejeri
Kaxarov Hojiakbar Voxid o’g’li Biznes markazlari sohasi loyiha menejeri
Sharifov Ibrohim Satimboy o’g’li Mehmonxonalar sohasi bo’yicha loyiha menejeri
Azimov Muhammadamin Adxamovich Moliya bo’limi direktori
Shadmanova Shahnoza Voxidovna HR-generalist
Artikov Sanjar Ravshanovich Sotuv va marketing bo’limi direktori
Botirov Shuhrat Numanjanovich Bosh yurist
Nosirov Fahritdin Odilovich Texnik masalalar bo’yicha direktor
Sonlarda
Korxonalar soni 15+
Maydon 50 000+ m2
Xodimlar 1000+
Hamkorlar 100+
© 2022 "Universal Capital" kompaniyalar guruhi. Barcha huquqlar himoyalangan. Tayyorlovchi Space