Yangiliklar Qozoqiston bozoriga ilk qadam 15.11.2022

Azizlar, biz yaqinda Qozoqistonda faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan o’zaro hamkorlik boshlaganimizni mamnuniyat bilan e’lon qilmoqchimiz. Bugungi kunda biz ishlab chiqarayotgan polimer bo’yoqlari ko’plab standartlarga javob bergan holda, turli plastmassa mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalanib kelinmoqda. Eksportga chiqqan birinchi mahsulotimiz hajmi 5000 kgni tashkil etadi, bu esa hali boshlanishi. Biz doimo barcha qo’shni mamlakatlardagi tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz.

Biz haqimizda to’liqroq ma’lumotni www.stedi.uz saytimiz orqali olishingiz mumkin.

 

Boshqa yangiliklar
© 2022 "Universal Capital" kompaniyalar guruhi. Barcha huquqlar himoyalangan. Tayyorlovchi Space