Hozirgi kunga kelib jahonda ekologiyani saqlash, global isish muammosini oldini olish va ekologik texnologiyalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz miqyosida ham ekologik toza mahsulotlari ishlab chiqarish va import qilish bo’yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida, 2022 yil davomida mamlakatimizda elektr toki yordamida harakatlanuvchi avtomobillar soni keskin oshganini aytish mumkin. Hukumatimiz tomonidan elektrda harakatlanuvchi avtomobillar importiga minimal miqdordagi davlat boji belgilagani, elektromobil importi bilan shug’illanuvchi tadbirkorlarga katta qulaylik yaratdi. «UniCap» kompaniyalar guruhi ham shu yo’nalishga investitsiya kiritish orqali, O’zbekiston hududiga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan mashxur brendlarga tegishli bir qator elektromobillar olib kelish faoliyatini boshlab yubordi. 2022 yilning 3-choragi davomida Volkswagen, BYD, Tesla, Honda, GAC va Hozon kabi brendlarga tegishli 20dan ortiq elektromobil mamlakatimiz hududiga olib kelindi. Horizda ushbu avtomobillar «Eko Moshina» brendi ostida realizatsiya qilinmoqda. Yaqin kunlarda BYD HAN 4WD, BYD Song Plus va Volkswagen ID4 pro elektromobillari Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda.
Yangiliklardan habardor bo’lish uchun bizni ijtimoiy tarmoqda kuzating: https://www.instagram.com/ekomoshina/