Toshkent Xalqaro Aeroportidan 5 daqiqalik masofada joylashgan mehmonxona o’zida 100dan ortiq luks, yarim lyuks va standart xonalarga ega. Biznes sohasida tashrif buyuruvchilar uchun majlislar zallari, tor doiradagi uchrashuvlar uchun konferensiya xonalari, restoran va boshqa bir qator qulayliklari mavjud. Dam olish maqsadida tashrif buyuruvchilari uchun qulay va zamonaviy xonalar, ochiq va yopiq basseyn, fitnes va spa markazi, trenajer zali, laundj bar, terassa va boshqa bir qator xizmatlar mavjud.
Jahon standartidagi 5 yulduzli mehmonxona.
Mehmonxona Toshkent Xalqaro Aeroportidan 5 daqiqalik masofada, Toshkent shahrining eng mashxur Bobur shox ko’chasida joylashgan. Bundan tashqari, mehmonxonaga yaqin hududda ko’plab biznes markazlari va savdo majmualari mavjudligi tashrif buyuruvchilari uchun qo’shimcha qulaylik taqdim etadi.