Namangan shahridagi eng katta xalq iste’mol mollari savdosi bilan shug’illanuvchi savdo majmuasi hisoblanadi.
Savdo majmuasidagi do’konlar oziq-ovqat, kiyim-kechak, maishiy texnika, xo’jalik mollari, kanstovar va boshqa tovarlar sotish bilan shug’illanuvchi tadbirkorlarga ijara asosida, qishloq xo’jaligi mahsulotlari sotuvchi dehqonlarga patta asosida taqdim etiladi.
“Sardoba” savdo majmuasi tarixi uzoq tarixga borib taqaladi. Savdo majmuasi joylashgan joy Namangan shahri markazi hisoblanadi. Bu joyda Qo’qon xonligi davridan beri savdo sotiq ishlari olib borilgan bozor mavjud bo’lgan. Bozor sobiq sovet tuzumi davrida dehqon bozori ko’rinishida faoliyat olib borgan. Mustaqillikdan so’ng davlat mulkini xususiylashtirish ishlari boshlangan davrda bozorning aksiyalari bizning holding tomonidan sotib olinadi. Shundan so’ng 2007 yilda dehqon bozorini savdo majmuasiga o’zgartirish, yangi yo’nlishdagi do’konlarini qurish ishlarining 1-bosqichi boshlanadi, 2009 yilda esa qurilish ishlarining 2-bosqichi boshlanib, hozirgi ko’rinishdagi savdo majmuasi barpo etiladi.
Savdo majmuasi Namangan shahrining eng rivojlangan hududida va gavjum, Namangan viloyatining barcha hududlaridan keluvchi transportlar shoh bekati yonida joylashgani, tashrif buyuruvchilar soni ko’pligi bilan boshqa savdo majmualaridan ajralib turadi. Savdo mujmuasi elektron hisoblash uskunalariga ega, 100dan ortiq avtomobil sig’uvchi parkovkaga ega.
Savdo majmuasi Namangan shahrining markaziy Alisher Navoiy, Qo’qon, Axsi va Nodira ko’chalari kesishmasida, Megapolis savdo markaziga tutash hududda joylashgan. Majmua yaqinida kinoteart, kafe va oshxonalar, avtoshoxbekat, savdo markazi, o’quv markazlari va boshqa bir qator aholiga xizmat ko’rsatuvchi obyektlar joylashgan.