Namangan shahrining sanoat hududida 50 000 kv.m. maydonda joylashgan, qurilsh mollari savdosiga ixtisoslashtirilgan savdo markazi hisoblanadi. Savdo markazi hududida elektr tovarlari, temir mahsulotlari, santexnika, bo’yoq vositalari va boshqa qurilish mahsulotlari sotish uchun ajratilgan bo’limlar mavjud. Bundan tashqari markaz hududida qurilish mollarini saqlash uchun omborxonalar tashkil etilgan. Savdo markazida avtomobil ehtiyot qismlari sotish uchun mo’ljallangan 263ta do’kon va avtomobil shinalari sotish uchun ixtisoslashtirilgan 2ta 500 kv.m.ga ega savdo bostirmasi mavjud.
Savdo majmuasi 700dan ortiq do’kon va inshootlarni quyidagi yo’nalishlarga ijaraga berish faoliyati bilan shug’illanadi: qurilish mollari, xo’jalik mollari, metal, avto ehtiyot qismlar, omborxona, ishlab chiqarish, ofis, showroom, ustaxona va h.k.
Hozirgi kunda Promzona savdo majmuasi joylashgan joy Namangan shahrining eng kam rivojlangan, asosan adirliklardan iborat qismi bo’lgan. Baland nishabli adirda qurilish ishlarini amalga oshirish o’ziga xos qiyinchilik bo’lishiga qaramasdan, katta miqdordagi tuproq qatlamini tekislash, uch pog’onali savdo majmuasini qurish ishlari 2014 yil bahorida boshlangan bo’lib, 2 yil davom etgan qurilish ishlari natijasida, Namanganda yana bir yirik savdo kompleksi bunyod etildi.
Savdo majmuasi o’zining qulay joylashuvi, bozor hududining istalgan qismiga avtomobilda kirish, 3 tomondan kirish va chiqish yo’laklari, yuk tashuvchi avtomobillar harakatlanishi uchun moslashgan keng yo’laklar, 24 soat qo’riqlash xizmati, kuzatuv kameralari, 50dan ortiq do’konlarda pol orqali isitish tizimi mavjudligi, milliy taomlar oshxonasi, hamyonbop ijara narxlari bilan boshqa raqobatchilardan ajralib turadi. Majmuada joylashgan do’kon oldigacha shaxsiy avtomobilda kelish, haridni amalga oshirish va bozor hududini tark etish osonligi haridorlarga qimmatli vaqtini tejashga yordam beradi.
Savdo majmuasi Namangan shahrining ishlab chiqarish va sanoat hududida joylashgan bo’lib, tutash hududdan Farg’ona aylanman yo’li o’tganligi, majmuaga Namangan viloyatining har qanday hududidan osongina kelish imkoniyatini yaratadi.