Namangan shahri markazida joylashgan mehmonxona o’zining qulay joylashuvi, shaxsiy avtoturorgoh, yuqori professional hodimlar, shinam nomerlar va hamyonbop narxlari bilan boshqa mehmonxonalardan ajralib turadi. Mehmonxonaga yaqin hududda bank muassasasining joylashgani tashrif buyurgan chet ellik mehmonlarga qo’shimcha qulaylik taqdim etadi.
Jahon standartlariga javob beradigan, barcha qulayliklarga ega, jami 21ta standart, deluks va luks xonalari mavjud bo’lgan 3 yulduzli mehmonxona.
Namangan shahri markazida joylashgan ta’mirtalab va bo’sh turgan mehmonxona binosi 2005 yilda holding tomonidan sotib olinadi, hamda rekonstruksiya va qurilishi ishlari boshlab yuboriladi. 2 yillik rekonstruksiya ishlaridan so’ng binoda tibbiy diagnostika va mehmonxona yo’nalishlari ishga turishirladi. Orzu Hotel nomi bilan mashxur mehmonxona 2005 yildan beri dunyoning turli mamlakatidan kelgan sayyohlar, ishbilarmonlar va boshqa kasb egalariga xizmat ko’rsatib kelmoqda.
Mehmonxona Namangan shahrining ham geografik ham ma’muriy markazida joylashgani shaharga tashrif buyuruvchi mutasaddilar, tadbirkorlar, turistlar hamda bir qator soha vakillariga qulaylik yaratadi. Shuningdek, mehmonxona yaqinida bank, restoranlar, ko’ngil ochish maskanlari, istirohat bog’I borligi bilan boshqa raqobatchilaridan ajralib turadi. Bundan tashqari bizda mehmonlarga mazali nonushta ham taqdim etiladi.
Mehmonxona Namangan shahri markazidagi asosiy ko’chalar Nodim Namangoniy va Nodira ko’chasi kesishmasida, Saydana diagnostika markazi bilan tutash binoda joylashgan. Shuningdek, mehmonxonaga yaqin hududda Davlat boshqaruvi tashkilotlari, banklar, Bobur nomidagi istirohat bog’i, Sardoba bozori va boshqa bir qator korxona va tashkilotlar joylashgan.