Oloy Biznes markazi Toshkent shahrining markazi va eng rivojlangan qismida, poytaxting transport harakatining arteria tomiri bo’lgan Amir Temur Shoh ko’chasida joylashgan. Biznes markazimiz Toshkentning asosiy ko’chalari Navoiy Shoh, Shahrisabz va Abdulla Qodiriy ko’chalari yaqinida, Abdulla Qodiriy metro va Oloy bozor shoh bekatidan 5 daqiqalik masofada joylashgani sababli, bizning markazga transportda va yayov holda kelish juda ham qulay hisoblanadi. Jami ijaraga taklif etiluvchi xonalar soni 25 ta. Biznes markazi mustaqil boshqariladigan isitish va sovutish tizimiga ega. Biznes markazi hududida avtoturargoh mavjud.
Biznes markazi yaqinida joylashgan restoranlar, mehmonxonalar, savdo va biznes markazlari, banklar, yangi qurilayotgan turarjoy mavzelari va eng muhimi ko’plab davlat tashkilotlari bu hududning qay darajada rivojlangan biznes hududi ekanidan dalolat berib turadi. Bizning xonalar haridorlar ish faoliyatini davom ettirish uchun kerakli barcha jihozlar bilan ta’minlangan: mebel, konditsioner, ovqatlanish xonalari, lift, kutish zallari va h.k.
Biznes markazi o’z faoliyatini 2008 yilda yo’lga qo’ygan bo’lib, shu kungacha 100dan ortiq mahalliy va xorijiy korxona hamda tashkilotlarga xizmat ko’rsatib kelgan.
Biznes markazi quyidagi ustunliklarga ega: qulay joylashuv, 24 soat qo’riqlash xizmati, avtoturargoh, mebel bilan jihozlangan ofislar, lift va hamyonbop narxlar. Bundan tashqari, Biznes markazimizning birinchi qavatda restoran va kafelar mavjudligi bizning haridorlarga qo’shimcha qulaylik taqdim etadi.