Namangan shahri markazidagi eng gavjum Sardoba bozoriga tutash hududda joylashgan 4 qavatli savdo markazi asosiy faoliyati kiyim kechak va boshqa maishiy mollar savdosi bilan shug’illanuvchi tadbirkorlarga ijara shartnomasi asosida do’konlar taqdim etish faoliyatini amalga oshiradi. Savdo markazida 60 dan ortiq do’kon faoliyat ko’rsatmoqda. Savdo markazining yerto’la qismida O’zbekiston bozoriga o’zining sifatli mahsulotlari bilan mashxur “Indenim” brendining savdo do’koni joylashgan.
Savdo markazidagi do’konlar kiyim-kechak, parfyumeriya, poyafzal, bolalari kiyimlari, telefon uchun aksesuarlar, sovg’alar va boshqa bir qator maishiy mollar savdosi bilan shug’illanuvchi tadbirkorlarga ijara asosida taqdim etilgan. Bundan tashqari Savdo markazining birinchi qavatida mini bank ham o’z ish faoliyatini olib boradi.
Hozirgi kunda Megapolis savdo majmuasi joylashgan joy 2010-yilgacha Sardoba bozori hududida yoyma bozor ko’rinishidagi savdo nuqtasi bo’lgan. Shahar aholisiga qulaylik yaratish uchun 2010-2012 yillar davomida savdo va ko’ngil ochar savdo markazi binosi qurib bitkazilgan. Binoning yerto’la qismida 100 o’rinlik kafe, 1 va 2 – qavatda savdo do’konlari, hamda 3-qavatda bolalar o’yingohi va 2ta kinozal tashkil etildi. 2018 yilga kelib, tashrif buyuruvchilar talab va ehtiyojidan kelib chiqib, savdo markazining barcha qavatlari savdo do’konlari ko’rinishiga o’zgartirildi. Hozirda savdo majmuasi 60dan oshiq tadbirkorga savdo faoliyatini amalga oshirish uchun do’konlarni ijara asosida taqdim etmoqda.
Savdo markazi shahar markazida, Sardoba bozoriga tutash hududda, Namangan viloyatining deyarli barcha tumanlaridan keluvchi transportlarning asosiy avtoshohbekati yaqinida joylashgani, majmuadagi savdo do’konlarining gavjum bo’lishiga sabab deyish mumkin. Tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, savdo markazida qavatlarni bog’lovchi eskalatorlar ishlab turibdi.
Savdo markazi Namangan shahrining markaziy Alisher Navoiy, Qo’qon va Nodira ko’chalari kesishmasida, Sardoba bozoriga tutash hududda joylashgan. Markaz yaqinida kinoteart, kafe va oshxonalar, avtoshoxbekat, bozor, o’quv markazlari va boshqa bir qator aholiga xizmat ko’rsatuvchi obyektlar joylashgan.