Istiqlol Qurilish
Premium klassdagi turarjoy majmuasi

“ISTIQLOL” Turarjoy majmuasi - Yevropa sifati, sharq qadriyatlari, ko’p yillik tajriba va zamonaviy texnologiyalar jamlanmasi deyilsa mubolag’a bo’lmaydi. Turorjoy majmuasida shaxsiy avtoturorgoh, zamonaviy lift, bolalar o’yin maydonchalari, 24 soat qo’riqlash xizmati mavjud bo’lib, avtomobilda kirish va chiqish joylari shlagbaumlar bilan jihozlangan.

Yo'nalish Qurilish
Asos solingan 2016 y.
Xonadonlar 230+
Qavatlar 8ta
Yo'nalish

“Istiqlol” premium va biznes klassdagi turarjoy majmuasi hisoblanadi. Ya’ni 1-qavatda savdo, umumiy ovqatlanish, ofis, shourum kabi yo’nalishlarda foydalanish mumkin bo’lgan zallar, 2-qavatdan boshlab turli o’lchamdagi xonadonlar joylashgan.

Tarix

Majmua qurilishi 2016 yilda boshlanib, 2018 yilda foydalanishga topshirilgan. Qurilish jarayonida 100dan ortiq hodimlar zamonaviy texnika va uskunalaridan foydalangan holda, zamon talabidagi turarjoy majmuasini qurishda qatnashishgan. Hozirgi kunga kelib majmuaning deyarli barcha xonadonlari o’z egalariga topshirilgan.

Ustunlik

Namangan shahridagi premium klassdagi sanoqli turarjoy mavzelaridan biri hisoblanadi, poytaxtda joylashgan yangi qurilayotgan turarjoy mavzelari bilan bemalol raqobatlasha oladi. Turorjoy majmuasida shaxsiy avtoturorgoh, zamonaviy lift, bolalar o’yin maydonchalari, 24 soat qo’riqlash xizmati mavjud bo’lib, avtomobilda kirish va chiqish joylari shlagbaumlar bilan jihozlanganligi boshqa raqobatchilaridan ustun tarafimiz deb aytilsa mubolag’a bo’lmaydi.

Joylashuv

Turarjoy mavzesi Namangan shahrining davlat boshqaruvi obyektlari joylashgan Istiqlol ko’chasida qadr rostlagan bo’lib, 4 ta blokdan tashkil topgan. Bu hududda Namanganga mashxur Zamin restorani, Korzinka supermarketi va Chorsu dehqon bozori joylashgani, mavzeda yashovchi aholi uchun qo’shimcha qulayliklar yaratadi.

© 2022 "Universal Capital" kompaniyalar guruhi. Barcha huquqlar himoyalangan. Tayyorlovchi Space