2014-2015 yillar davomida O’zbekistonning Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysini bog’lovchi strategik A373 avtoyo’lini Yevropa standartlariga mos ravishda rekonstruksiya qilish va zamonaviy beton qoplama bilan qoplash ishlarida “UniCap” kompaniyalar guruhiga kiruvchi korxonalar ishtirok etdi. Korxonalarimizga qarashli maxsus texnikalar yordamida yuqori malakali hodimlar dovon yo’lini kengaytirish, maxsus qoplamagacha bo’lgan yo’lni tayyorlash, qurilish hududiga va qurilish hududidan yuklarni tashish, avtoyo’l infrastrukturasini yaratish kabi yuqori mas’uliyatga ega vazifalarni amalga oshirishgan.
Beton qoplamali, bir yo’nalishda ikki va undan ortiq yo’laklari bo’lgan avtomobil yo’li qurilishi.
2009-2010 yilgacha O’zbekistonning Farg’ona vodiysi hududiga “Qamchiq” dovoni orqali borgan har qanday odam dovon yo’lining havflilik darajasi, qish mavsumida yo’l qomlamalari muzlashi, avtomobillar tirbandligi kabi muammolar bilan yuzlashgan. 2013 yildan boshlab dovon yo’lini rekonstruksiya ishlari boshlangan bo’lib, bizning holding 2014-2015 yillar davomida bir yonalishda uchta yo’lakka ega, yo’nalishning ikki tarafi zamonaviy, tunda nur qaytaruvchi metal to’siqlar bilan jihozlangan, yo’l qoplamasi beton aralashmasidan tashkil topgan evropa standartlariga to’liq javob beruvchi avtomobil yo’li qurish ishlarida faol qatnashdi. Hozirgi kunda ushbu yo’l Farg’ona vodiysini O’zbekistonning boshqa hududlari bilan bog’lovchi zamonaviy va strategik yo’l hisoblanadi.
Beton qoplamali yo’l asfalt qoplamali yo’lgan nisbatan bir qator ustunliklarga ega: og’ir yuklarni tashuvchi avtomobillar tormozlanishi natijasida yo’llarda notekkislik hosil bo’lmaydi, yuza muzlashi natijasi yoriqlar hosil bo’lmaydi, chidamlilik darajasi yuqori, uzoq yillar davomida sifatini yo’qotmaydi va avtomobillar sirg’anish darajasini kamaytiradi.
“Qamchiq” dovoni orqali o’tuvchi A373 avtomobil yo’lining Namangan viloyati hududidagi qismi.