Nafaqat mamlakatimiz, balki tashqi bozorda ham iqtisodiyotning turli sohalariga investitsiya kirituvchi mashxur va muvaffaqiyatli kompaniyaga aylanish.
Mahsulot va xizmatlarimizni yuqori sifat va hamyonbop narxlarda taqdim etib, hamkorlar va haridorlar talabini qondirish orqali xodimlar, hamkorlar, haridorlar, ta’sischilar hamda xalqimiz turmush darajasini yaxshilash.
Biz barcha sohalarda halollikni asosiy unsur sifatida qabul qilamiz. Halollik haridorlar, hodimlar va hamkorlar bilan o’zaro munosabatda o’z aksini topishi juda muhim. O’z o’rnida bizga ham ulardan shunday munosabat bo’lishini istaymiz.
Biz barchaga (hodimlar, haridorlar va hamkorlar) ochiq va halol munosabatda bo’lamiz.
Bizning barcha faoliyatimiz haridorlar foydasini o’ylash va ularga xizmat qilishga qaratilgan. Biz haridorlarimizga xizmatlarimizni taklif etgan holda ularni xursand qilish va iliq munosabatlar o’rnatishni istaymiz.
Biz o’z biznesimizni uzoq yillar davomida rivojlantirib kelmoqdamiz. Biz hodimlar, haridorlar va hamkorlar oldida ulkan javobgarlikni o’z bo’ynimizga olganmiz. Shu sababdan har bir ishimizning kichik detallari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizda aniq maqsad va natijaga erishishimiz kerak bo’lgan bir qancha biznes jarayonlar (ishlab chiqarish, moliya va h.k.) mavjud. Bu jarayonlar to’liq amalga oshishi uchun har bir hodim o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tegishli hissasini qo’shishi muhim hisoblanadi.
Bizning kompaniya uzoq vaqt davomida mavjud bo’lishi va tinimsiz ravishda rivojlanishiga ishonamiz va intilamiz.
Biz har bir mahsulot va xizmatlarimizni o’zimizga ravo ko’rgan sifatda tayyorlaymiz. Shu sababli ularning foydaliligi va sifatiga ishonamiz.
Bizning jamoani yagona oliy maqsadga erishish birlashtirib turadi. Doimiy ravishda bir-birimizga rivojlanish va o’sish uchun yordam qo’lini cho’zamiz. Hodimlarining rivojlanishi kompaniya rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq deb hisoblaymiz.
2022-2027-yillar davomida quyidagi strategiyadan foydalaniladi:
Kompaniyalar guruhimiz sobiq Sovet tizimi davridayoq xususiy biznes sohasida o’zining tadbirkorlik faoliyatini boshlagan bo’lib, kompaniyalar guruhiga asos solish tarixi 80-yillarga borib taqaladi. Guruh jadal rivojlanishining boshlang’ich bosqichi telekommunikatsiya sohasidagi birinchi xususiy kompaniya “East Telekom”ga asos solinishi bilan boshlangan. O’tgan yillar davomida guruh tarkibida iqtisodiyotning turli yo’nalishlarida ishlovchi o’nlab korxonalar o’z ish faoliyatlarini yuritib kelmoqdalar. Kompaniyalar guruhi tomonidan amalga oshirilgan yirik loyihalardan biri Toshkent – O’sh yo’nalishidagi “Qamchiq” davoni A373 avtoyo’lining rekonstruksiya qilinishi hisoblanadi. Bu jarayonda guruhga tegishli 100 dan ortiq maxsus texnika va yuk avtomobillari, yuqori malakali mutaxasislarimiz qurilish ishlarida faol qatnashishdi.