Sport Life Sport sog'lomlashtirish markazi
Fitnes, basseyn va sauna

“City Line” biznes markazining yerto’la qavatida joylashgan shinam “Sport Life” fitnes markazi qulay joylashuvi, keng va yorug’ mashg’ulotlar zali, professional hodimlari bilan boshqa fitnes markazlaridan ajralib turadi. Fitnes markazida yopiq basseyn, Turk hammomi va Fin saunasi mavjud bo’lib, mehmonlar uchun alohida dam olish xonasi ham tashkil etilgan.

Yo'nalish Sport
Asos solingan 2015 y.
Trenajyorlar soni 20+
Maydon 280 kv.m.
Yo'nalish

Erkaklar va ayollar trenajor zali, Fin saunasi, Turk hammomi, jakuzi va favvoraga ega 10 metr uzunlikdagi basseynga ega sport sog’lomlashtirish markazi.

Tarix

Sport sog’lomlashtirish markazi 2015 yilda tashkil etilgan. O’tgan yillar davomida markazda nafaqat erkak sportchilar, balki ayollar uchun ham bir qator qulayliklar yaratib kelindi. Bular safiga ayollar uchun maxsus fitnes trenajerlari, akva aerobika kurslari malakali trener ayollar hamkorligida tashkil etildi. Fitnes markazi yildan yilga o’z arsenalini zamonaviy trenajor uskunalari bilan boyitib, tashrif buyiruvchilar hurmatiga sazovar bo’lib kelmoqda.

Ustunlik

Keng,  yorug’ va toza trenajor zali, qulay kiyinish xonalari, buyumlar saqlash uchun individual raqamlangan shkaf, professional hodimlar xizmati, bir vaqting o’zida 10 kishigacha xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega sauna va basseyn, 10 kishilik dam olish xonalari mavjud.

Joylashuv

Toshkent shahrining eng mashxur Bobur shoh ko’chasi va A.Qahhor ko’chalari kesishmasida, “City Line” biznes markazining yer to’la qismida joylashgan.

© 2022 "Universal Capital" kompaniyalar guruhi. Barcha huquqlar himoyalangan. Tayyorlovchi Space