Long Sight Construction Qurilish
«G’uzor-Buxoro-Nukus-Beynov» А-380 avtoyo’li

2011-2013-yillar davomida «G’uzor-Buxoro-Nukus-Beynov» А-380 avtoyo’lining Xorazm viloyati hududidan o’tuvchi 440-490 kmda guruh tarkibida-gi korxona tomonidan qurilish-rekonstruksiya ishlari olib borildi. Korxona tomonida rekonstruk-siya ishlari davomida umumiy qurilish jarayonini ustidan nazorat, bosh pudratchi bilan qurilish jarayonlari masalasida ishlash, texnologik jara-yonlarning mutanosibligi ustidan nazorat, muxan-dislar jamoasi nazorati, karyerdan homashyo mahsulotlarini qurilish hududiga yetkazish, hujjat-larni to’g’ri va o’z vaqtida tayyorlanishi, bajari-layotgan ishlar sifati ustidan nazorat, geodeziya xizmati hodimlari bilan hamkorlikda ishlash va boshqa bir qator yuqori javobgarlik talab etuvchi vazifalarni o’z vaqtida va kerakli darajada amalga oshirdi.

Yo'nalish Qurilish
Muddat 2011-2013 yy.
Uzunlik 50 km
Qoplama Beton
Yo'nalish

Beton qoplamali, bir yo’nalishda ikki va undan ortiq yo’laklari bo’lgan avtomobil yo’li qurilishi.

Tarix

O’zbekistonning shimoliy-g’arbiy hududidan o’tuvchi, muhim stategik yo’l bo’lgan А-380 «G’uzor-Buxoro-Nukus-Beynov» 2011 yildan rekonstruksiya ishlari boshlangan bo’lib, bizning holding 2011-2013 yillar davomida bir yonalishda ikkita yo’lakka ega, yo’nalishlarni ajratuvchi zamonaviy, tunda nur qaytaruvchi metal to’siqlar bilan jihozlangan, yo’l qoplamasi beton aralashmasidan tashkil topgan evropa standartlariga to’liq javob beruvchi avtomobil yo’li qurish ishlarida faol qatnashdi. Hozirgi kunda ushbu yo’l O’zbekistonning asosiy shaharlarini bog’lovchi zamonaviy va strategik yo’l hisoblanadi.

Ustunlik

Beton qoplamali yo’l asfalt qoplamali yo’lgan nisbatan bir qator ustunliklarga ega: og’ir yuklarni tashuvchi avtomobillar tormozlanishi natijasida yo’llarda notekkislik hosil bo’lmaydi, yuza muzlashi natijasi yoriqlar hosil bo’lmaydi, chidamlilik darajasi yuqori, uzoq yillar davomida sifatini yo’qotmaydi va avtomobillar sirg’anish darajasini kamaytiradi.

Joylashuv

«G’uzor-Buxoro-Nukus-Beynov» А-380 avtoyo’lining Xorazm viloyati hududidan o’tuvchi 440-490 kmlari.

© 2022 "Universal Capital" kompaniyalar guruhi. Barcha huquqlar himoyalangan. Tayyorlovchi Space