City Line Boutique Hotel Mehmonxona
3 yulduzli mehmonxona

Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroportidan 800 metr masofada joylashgan shinam mehmonxona har bir tashrif buyuruvchining talab va istaklaridan kelib chiqgan holda o’z faolyatini olib boradi. Mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida mehmonxona joylashgan binoda fitnes markazi, sauna va basseyn tashkil etilgan. Bundan tashqari binoda aviakassa ham mavjud. Mehmonxonaga yaqin hududda bank muassasasining joylashgani tashrif buyurgan chet ellik mehmonlarga qo’shimcha qulaylik taqdim etadi.

Yo'nalish Mehmonxona
Asos solingan 2016 y.
Xonalar 12
Maydon 1000 kv.m.
Yo'nalish

City Line Boutique Hotel 12ta standart, yarim lyuks va lyuks xonalarga ega 3 yulduzli mehmonxona hisoblanadi.

Tarix

2014 yilda auksion orqali sotib olingan bino ikki yil davomida rekonstruksiya ishlari olib borilgandan so’ng, mehmonxona 2016 yili foydalanishga  topshirilgan. O’tgan yillar davomida mehmonxona dunyoning ko’plab mamlakatlaridan kelgan turistlar va mamlakatimizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan mehmonlarga o’zining sifatli xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.

Ustunlik

Mehmonxona City Line biznes markazining 6-qavatida joylashgan bo’lib, mehmonlar uchun alohida tezkor lift, professional hodimlar orqali mehmonlar talab va istaklaridan kelib chiqib nonushta, tushlik va kechki ovqat tashkil etish, konferensiya o’tkazish uchun zal mavjudligi, hamda bu hududga Toshkent Xalqaro Aeroporti yaqinligi, bir nechta biznes markazlari, savdo majmualari va boshqa bir qator korxona va tashkilotlar joylashgani tashrif buyuruvchilarga qulayliklar taqdim etadi.  Bundan tashqari mehmonxona oldida avtomobillar uchun bepul parkovka mavjud.

Joylashuv

Mehmonxona Toshkent shahrining eng markaziy Bobur shoh ko’chasi vа Abdulla Qahhor ko’chalari kesishmasida, bundan tashqari KXAY va Nukus ko’chasi yaqinida joylashgani tashrif buyuruvchilarga shaxsiy avtomobil yoki taksida kelish uchun qulay hisoblanadi.

© 2022 "Universal Capital" kompaniyalar guruhi. Barcha huquqlar himoyalangan. Tayyorlovchi Space