Best Profil Ishlab chiqarish
Temir-beton mahsulotlari

Yo’l qurilishi, infrastruktura, binokorlik sohalarida foydalanishga mo’ljallangan sifatli va chidamli temir beton mahsulotlari ishlab chiqarish va yetkazib berish faoliyati bilan shug’illanadi. Bundan tashqari zavodda zamonaviy qurilish mahsuloti hisoblangan gazoblok ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.

Yo'nalish Ishlab chiqarish
Asos solingan 2015 y.
Quvvati (bir oyda) 200 tonna
Maydon 1 700 kv.m.
Mahsulot

Bino va yo’l qurilishi, hamda shaharsozlik uchun kerakli bo’lgan temir-beton mahsulotlari, jumladan beton plitalar, zinalar, poydevor bloklari, beton to’siqlar, bоrdyurlar, ariqlar, quduqlar, ustunlar hamda beton qorishmalar ishlab chiqariladi.

Tarix

Korxonaga 2015 yilda asos solingan bo’lib, o’tgan yillar davomida ko’plab davlat va xususiy sektor obyektlariga temir-beton mahsulotlari yetkazib berish bilan shug’illanib kelmoqda.

Ustunlik

Bizning zavod haridorlarga hamyonbop narxlarda sifatli mahsulotlarni o’z vaqtida yetkazib berish orqali boshqa raqobatchilardan ajralib turadi. Bundan tashqari, zavodimiz Farg’ona aylanma yo’li bo’yida joylashgani katta hajmdagi yuk tashuvchi avtomobillarning kirib chiqishi va tumandan keluvchi yuk mashinalari shaharning tirband ko’chalarini aylanib o’tishi uchun yanada qulay hisoblanadi.

Joylashuv

Zavod Namangan shahrining Farg’ona aylanma yo’li va Kosonsoy ko’chalari kesishmasida joylashgan bo’lib, hududga ikki tomondan katta hajmdagi avtomobillar kirishi uchun imkoniyat yaratilgan.

© 2022 "Universal Capital" kompaniyalar guruhi. Barcha huquqlar himoyalangan. Tayyorlovchi Space