Namangan shahri markazida joylashgan, zamonaviy tibbiyot uskunalariga ega, Farg’ona vodiysidagi eng mashxur tibbiy diagnostika markazlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kundagi eng talabgor MRT, MSKT, Rentgen va UZI tibbiy uskunalaridan foydalangan holda ko’p yillik malakaga ega shifokorlar tomonidan bemorlarga yuqori sifatli xizmat ko’rsatib kelinmoqda. Farg’ona vodiysi va qo’shni mamlakatlardan kelgan bemorlarga qulaylik yaratish maqsadida tibbiyot markazimizda statsionar davolash bo’limi ishga tushirilgan.
Tibbiyot markazimizda yuqori malakaga ega radiolog, kardiolog, terapevt, ginekolog, nevropoltolog, gastroentrolog, rentgenolog, epidemiolog, otolorengolog, urolog va praktolog kabi ko’plab shifokorlar o’z faoliyatlarini olib borishadi. Markazimizda 400dan ortiq tibbiy diagnostika xizmatlari mavjud. Markazimiz eng sodda tibbiy xizmatlardan boshlab to murakkab diagnostika xizmatlarigacha tekshuruv o’tkazish imkoniyatiga ega.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, xususiy sektorni rivojlantirish sohasiga e’tibor qaratilgan bir vaqtda, Farg’ona vodiysining Namangan shahrida birinchilaridan bo’lib horijiy investitsiyani jalb qilish orqali 2006 yilda “Saydana” Tibbiyot markaziga asos solingan. O’tgan yillar davomida, tibbiyot markaziga Siemens kompaniyasida ishlab chiqarilgan ko’plab zamonaviy diagnostika uskunalari olib kelindi, statsionar davolash bo’limi, bemorlarga qulaylik yaratish maqsadida koll markaz tashkil etildi. Bundan tashqari, diganostika natijalarini masofadan turib olish imkoniyatlari yaratildi.
Tibbiyot markazi qulay joylashuvi, zamonaviy tibbiyot uskunalari, oliy toifali shifokorlari, zamonaviy davolash bo’limi, jarrohlik bo’limi mavjudligi bilan boshqa tibbiyot markazlaridan ajralib turadi. Tibbiyot markazimizga nafaqat mamlakatimiz aholisi, balki qo’shni Qirg’iziston Respublikasidan ham ko’plab bemorlar murojaat qilishadi.
Namangan shahri markazida joylashgan, zamonaviy tibbiyot uskunalariga ega, Farg’ona vodiysidagi eng mashxur tibbiy diagnostika markazlaridan biri hisoblanadi.