City Line Biznes markazi Toshkent shahrining eng gavjum va tinimsiz rivojlanayotgan qismida joylashgan. Biznes markazi poytaxtning mashxur ko’chalaridan bir bo’lgan Bobur ko’chasi va Abdulla Qahhor ko’chalari chorraxasida joylashgan. Biznes markazimiz Toshkentning asosiy ko’chalari Nukus, KXAY va Bobur ko’chalari yaqinida joylashgani sababli, bizning markazga transportda va yayov holda kelish juda ham qulay hisoblanadi. Biznes markazimizga yaqin hududlarga juda ham ko’p jamoat transportlari kelishi haridorlarga yanada qulaylik tug’dirishi mubolag’a emas. Jami ijaraga taklif etiluvchi xonalar soni 100dan ortiq. Biznes markazi mustaqil boshqariladigan isitish va sovutish tizimiga ega.
Biznes markazi yaqinida joylashgan restoranlar, mehmonxonalar, savdo markazlari, shifoxona, banklar, yangi qurilayotgan turarjoy mavzelari va eng muhimi Toshkent Xalqaro Aeroporti bu hududning qay darajada rivojlangan biznes hududi ekanidan dalolat berib turadi. Bizning xonalar haridorlar ish faoliyatini davom ettirish uchun kerakli barcha jihozlar bilan ta’minlangan: mebel, konditsioner, ovqatlanish xonalari, zamonaviy lift, majlislar zali, kutish zallari va h.k.
Biznes markazi o’z faoliyatini 2015 yilda yo’lga qo’ygan bo’lib, shu kungacha 200dan ortiq mahalliy va xorijiy korxona hamda tashkilotlarga xizmat ko’rsatib kelgan. Ular safida Fargo, Asia Cinema, Kerui (XXR), E-savdo, Buka Gym, UzKassa, Artishok kabi mashxur brendlar ham mavjud.
Biznes markazi quyidagi ustunliklarga ega: qulay joylashuv, 24 soat qo’riqlash xizmati, avtoturargoh, mebel bilan jihozlangan ofislar, zamonaviy lift, hamyonbop narxlar. Bundan tashqari, Biznes markazimizning yer to’la qismida Artishok restorani hamda Sport Life Fitnes markazi, birinchi qavatda Coffee me qaxvaxonasi mavjudligi bizning haridorlarga qo’shimcha qulaylik taqdim etadi.