Sangzor Boutique Hotel – tarixiy Samarqandning qoq yuragida joylashgan zamonaviy va milliy arxitekturani o’zida jamlagan ijod mahsuli deyish mumkin. Mehmonxona o’zining betakror dizayni bilan har qanday tabi nozik mehmonni ham sharq ertaklari olamiga olib ketadi. Mehmonxona o’zida jozibador arxitektura, betakror naqshlar va sharq nafasini jamlagan. “Sangzor” nomi tojik tilidan olingan bo’lib, “Toshli yer” degan ma’noni anglatishi, joyning uzoq tarixiga bo’lgan qiziqishni oshirishi tabiiy.
Samarqand shahrining durdonasi bo’lgan “Registon” maydoni, “Bibixonum” mardasasi va turistlar uchun qiziqarli bo’lgan “Siyob” bozori bilan bir hududda joylashgan 3 yulduzli mehmonxona o’z eshiklarini ochdi. Mehmonxonada lyuks, delyuks va standart xonalar mavjud bo’lib, har qanday dib sohibi talabiga to’liq javob berishiga ishonamiz.
Hozirgi mehmonxona joylashgan bino 2007 yil qurib bitkazilgan bo’lib, 2018 yilgacha “Sangzor” tibbiy diagnostika markazi sifatida faoliyat yuritib kelgan. 2018 yilga kelib, diagnostika markazi oldidan o’tuvchi Toshkent ko’chasi sayyohlar uchun moslashtirilib, avtomobillar harakati cheklandi. Ushbu o’zgarishlarni inobatga olgan holda, diagnostika markazi tugatilib, o’rnida Sangzor mehmonxonasi tashkil etish uchun rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi. 2022 yil iyul oyida mehmonxona tashrif buyuruvchilar uchun o’z eshiklarini ochdi.
Birgina mehmonxona joylashgan manzilning o’zi uning boshqa raqobatchilaridan ustun ekanini ko’rsatib turadi. Samarqand shahriga tashrif buyurgan mehmon eng avvalo Registon maydonini ko’rish uchun borishi hech kimga sir emas. Bizning mehmonxona aynan Registon maydonidan 5 daqiqalik masofada joylashgani har qanday mehmon uchun eng muhim qulaylikni taqdim etadi.
Mehmonxona Islom Karimov (sobiq Toshkent) ko’chasida, Registon maydoni, Islom Karimov monumenti, Bibixonum madrasasi va Siyob bozori bilan bir hududda joylashgan. Bu ko’chada ko’plab tarixiy binolar, savdo rastalari va do’konlari joylashgan bo’lib, Samarqand shahriga kelgan har bir chet ellik yoki mahalliy turist bu ko’chani aylanib o’tib keta olmaydi.