Stedi Ishlab chiqarish
Plastik, Polimer, Xom-ashyo

28 yillik tarixga ega Stedi kompaniyasi o’z faoliyatidagi eng ahamiyatli loyiha, ya’ni polimer mahsulotlar uchun granulalangan superkonsentrat (Masterbatch) bo’yog’i ishlab chiqarish faoliyatini 2008-yildan boshlab yo’lga qo’ydi. Bu bilan mamlakat hududida import mahsulotlarga raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarish boshlandi. Mahsulotlar nemis texnologiyasi asosida ishlab chiqarilganligi, texnik hodimlarning yuqori malaka va ko`nikmalari, doimiy sifat nazorati sababli polimer bozorida sifat darajasi bilan ajralib turadi.

Yo'nalish Ishlab chiqarish
Asos solingan 1993
Quvvati (bir oyda) 16 tonna
Maydon 5000 kv.m.
Mahsulot

Polimer mahsulotlari ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan superkonsentratlangan polimer bo’yog’I (masterbatch).  Ishlab chiqarish jarayonida ilg’or nemis texnologiyasi, yuqori malakali hodimlar, hamda tizimli sifat nazoratini amalga oshirilishi sababli mahsulotimizni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish doimiy ravishda oshib bormoqda.

Tarix

Stedi – 28 yillik tarixga ega, bu yillar davomida turli iqtisodiy vaziyatlarda tajribasini oshirgan, hozirgi kunga qadar yuqori mavqeyi va polimer bo’yoqlari bozorida o’z ulushiga ega korxona hisoblanadi. 1993 y. Korxona «Sabot» Co. nomi ostida o'z faoliyatini boshladi. 2001 y. Korxona nomi «Stedi» MCHJga o'zgardi. 2008 y. Granulalangan superkonsentrat (masterbatch) ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. 2012 y. ISO 9001: 2009 sertifikati olindi. 2019 y. ISO 9001: 2015 sertifikati olindi.

Ustunlik

Sifat, qulay joylashuv, 28 yillik tajriba, har bir haridorga individual yondashuv.

Distribyutsiya

O’zbekiston Respublikasi va MDH mamlakatlari.

© 2022 "Universal Capital" kompaniyalar guruhi. Barcha huquqlar himoyalangan. Tayyorlovchi Space